O‘zbekiston | 13:50 / 27.12.2024
1724
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Toshkent viloyatidagi 3 ta AYoQShda sifatsiz AI-92 markali avtobenzin sotilish holatlari aniqlandi.

Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida AYoQShda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatida joylashgan «D.K.L.», «B.O.» va «N.G.O.» MChJga qarashli 3 ta avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQSh birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Mavzuga oid