Indoneziya BRIKS a’zosiga aylandi
Indoneziya BRIKSning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi. Tashkilotga raislik qilayotgan Braziliya tomoniga ko‘ra, ushbu mamlakatning guruhga qo‘shilishi Global Janub bilan hamkorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Braziliya Tashqi ishlar vazirligi Indoneziya BRIKSning to‘laqonli a’zosi bo‘lganini ma’lum qildi. Qaror tashkilotga a’zo barcha davlatlar tomonidan ma’qullandi, deb xabar beradi diplomatik idora.
Qayd etilishicha, Indoneziyani BRIKS a’zoligiga qabul qilish qarori 2024 yilda mamlakatda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari va yangi hukumat shakllantirilganidan keyin qabul qilingan. Braziliya TIV ushbu davlatni aholi soni va iqtisodining kattaligi bo‘yicha janubi-sharqiy Osiyodagi asosiy mamlakatlardan biri deb atadi. Idoraning ta’kidlashicha, Indoneziyaning BRIKSga qo‘shilishi Braziliya uchun raislik davridagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Global Janub bilan hamkorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodchi Jim Onil jahon iqtisodini o‘rganish jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli o‘sishga e’tibor berib, shartli ravishda BRIKS deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qo‘shildi, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.
2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklariga to‘laqonli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilish taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qo‘shilishdan bosh tortgan.
O‘tgan yili esa Myanma BRIKSga qo‘shilish niyatida ekanini ma’lum qilgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni BRIKSga a’zolik taklifini rad etgan edi. O‘z navbatida oktyabr oyida Qozog‘iston ham BRIKS a’zosi bo‘lishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
15:29 / 19.12.2024
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
22:20 / 08.12.2024
Malayziya BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomini olishga rozi bo‘ldi
19:31 / 05.12.2024
Apple Indoneziyadagi ishlab chiqarish korxonalariga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
17:26 / 13.11.2024