Iqtisodiyot | 12:11 / 08.01.2025
1408
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi

2024 yilda davlat budjetiga 199,6 trln so‘m soliq tushumlari undirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 foizga ko‘p. Soliq turlari kesimida umumiy tushumlarning to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i (52,7 trln so‘m) foyda solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Soliq organlari tomonidan 2024 yilda respublika bo‘yicha budjetga 199,6 trln so‘m tushumlar ta’minlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 foizga ko‘p. 

Soliq turlari kesimida tushumlar miqdori (2023 yilga nisbatan o‘sish):

  • foyda solig‘i - 52,7 trln so‘m (+29,1 foiz);
  • QQS - 39,6 trln so‘m (+16,4 foiz);
  • JShODS - 35,4 trln so‘m (+18,3 foiz);
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 20,2 trln so‘m (+31,8 foiz);
  • aksiz solig‘i - 17,8 trln so‘m (17,4 foiz);
  • soliqsiz tushumlar (davlat boji, jarimalar, yig‘imlar) - 15 trln so‘m (o‘sish kuzatilmagan);
  • yer solig‘i - 8,2 trln so‘m (19,2 foiz);
  • mol-mulk solig‘i - 6,8 trln so‘m (+33,5foiz);
  • AOS - 2,8 trln so‘m (+17,6 foiz);
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 1,2 trln so‘m (48,3 foiz).

Shuningdek, tuman va shaharlar budjyetiga ham tushumlar 24 foizga oshgan.

Eng yuqori o‘sish quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Toshkent shahrida – 27 foiz;
  • Sirdaryo viloyatida – 25 foiz;
  • Toshkent viloyatida – 23 foiz.

Mavzuga oid