FTB sobiq axborotchisi Smirnov 6 yilga qamaldi
AQSh sudi Federal tergov byurosining sobiq axborotchisini Jo Bayden va uning o‘g‘li Ukraina kompaniyasidan pora olgani haqida yolg‘on guvohlik bergani uchun qamoq jazosiga hukm qildi.
8 yanvar, chorshanba kuni Kaliforniya okrug sudi Federal tergov byurosi (FTB)ning sobiq axborotchisi Aleksandr Smirnovni AQSh prezidenti Jo Bayden va uning o‘g‘li Hanter Burisma Holdings Ukraina energetika kompaniyasidan 5 million dollar pora olgani haqida yolg‘on ma’lumot bergani uchun olti yilga ozodlikdan mahrum qildi.
2024 yil dekabrida Smirnov FTBga Jo Bayden va uning o‘g‘li tomonidan olingan pora haqida yolg‘on gapirganlikda aybini tan oldi. Bundan tashqari, Smirnov soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Sud, shuningdek, sudlanuvchiga AQSh Soliq xizmatiga 675 ming dollar to‘lash majburiyatini yukladi.
Sud jarayonida prokurorlar Smirnovning Baydenlarga qarshi asossiz korrupsiya ayblovlari «tasavvur qilish mumkin bo‘lgan saylov aralashuvining eng jiddiy turlaridan biri» ekanligini aytdi, chunki ular 2020 va 2024 yilgi saylovlarga ta’sir ko‘rsatdi, deya xabar beradi CNN.
Tergov, shuningdek, Smirnovning Bayden oilasiga qarshi soxta ayblovlari 2023 yil sentabrida AQSh Kongressida kuchli reaksiyaga sabab bo‘lgani va prezident Jo Baydenga impichment jarayonini boshlashi mumkin bo‘lgan tergov uchun asos bo‘lganini ta’kidladi.
Smirnovning yolg‘on guvohlik berish ishi
43 yoshli Aleksandr Smirnov SSSRda tug‘ilgan Amerika-Isroil fuqarosi. U 2024 yil 14 fevralda xorijdan Qo‘shma Shtatlarga qaytgach, hibsga olingan va Jo Bayden va uning o‘g‘li Hanterga qarshi yolg‘on bayonot berganlikda ayblangan. CNN xabar qilishicha, ayblanuvchi Rossiya razvedkasi bilan hamkorlik qilganini, xususan, undan Baydenlar haqida yolg‘on ma’lumot olganini tan olgan.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, Smirnov 2020 yilda Hanter Baydenga nisbatan tergov davomida Burisma rahbariyati unga 2015 va 2016 yillarda Jo Baydenning o‘g‘lini «otasi orqali» kompaniyani AQShdagi «har xil muammolardan» himoya qilish uchun yollaganini tan olganini da’vo qilgan. Smirnov, shuningdek, Burisma rahbariyati Ukraina Bosh prokurori tashabbusi bilan kompaniyaga nisbatan boshlangan tergov bilan bog‘liq «barcha masalalarni hal qilish» uchun Jo va Hanter Baydenning har biriga 5 million dollar to‘laganini bildirgan.
Jo Bayden o‘sha paytda Barak Obama kabinetida vitse-prezident edi. Hanter Bayden 2014 yildan 2019 yilgacha Burisma direktorlar kengashida ishlagan. AQSh maxsus prokurori Devid Vays o‘z bayonotida ma’lumot tarqatuvchi ko‘rsatmasidagi poraxo‘rlik ayblovlarini prezidentlikka nomzod sifatida Jo Baydenga nisbatan dushmanlik tufayli to‘qib chiqarganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:19 / 02.01.2025
FTB Yangi Orleandagi fojiani terakt sifatida tergov qilmoqda
11:35 / 12.12.2024
FTB rahbari Rey Tramp inauguratsiyasigacha o‘z lavozimini tark etadi
11:10 / 04.12.2024
FTB AQShda yashovchi rossiyalik ayolni FSB bilan hamkorlikda ayblamoqda
13:13 / 21.08.2024