O‘zbekiston | 13:33
823
2 daqiqa o‘qiladi

Elektron mehnat shartnomalarini tuzish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksida elektron mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom Elektron mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish deb nomlangan 3-1 bobi bilan to‘ldirildi.

Ushbu bobda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “YaMMT” IDAK ro‘yxatidan o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Ular mehnat qonunchiligiga muvofiq ish beruvchi tomonidan tuziladi va tomonlarning kelishuvi bilan elektron imzodan foydalangan holda imzolanadi. Bunday holda, xodim ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasini YaIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Mehnat munosabatlarini, shu jumladan, elektron mehnat shartnomalarini tuzish, ularni bekor qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda hamda qog‘oz shaklida tuzilgan mehnat shartnomalarini, ularni bekor qilishni va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda “YaMMT” IDAKdan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir, O‘zbekiston davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi, shuningdek, shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno. Tegishli o‘zgartirish Nizomning 3-bandiga kiritildi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 04.01.2025 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid