Jamiyat | 19:52 / 15.01.2025
1126
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ikki hududida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 18-22 yanvar kunlari yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu bois respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oxirlarida ham ushbu hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan edi.

Mavzuga oid