Jahon | 20:51 / 04.05.2016
7600
2 daqiqa o‘qiladi

Kamerunlik yoyandoz nigeriyalik xudkushni zaharli o‘q bilan o‘ldirdi

Kamerun shimolida o‘z-o‘zini mudofa qilish otryadi jangchisi kamondan o‘q uzib hududga kirib kelgan nigeriyalik xudkush jangarini bartaraf qilgan. Bu haqda 4 may kuni mamlakatning Shimoliy o‘lka viloyati gubernatori Midjiyava Bakariga asoslanib, Associated Press xabar tarqatgan.

Amaldorning ma'lumotiga ko‘ra, 40 yoshli terrorchi ayol 14 yoshli qiz hamrohligida mamlakat chegarasini kesib o‘tgan. U va hamrohining badanida portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan bo‘lgan. Ogohlantirishlarga qaramasdan ular Kamerun ichkarisiga yurishda davom etishgan va jangchilardan biri unga kamonidan o‘q uzgan va zaharli o‘q uni halok qilgan. Terrorchi ayolning yonidagi qiz esa o‘zini portlatib yuborgan.

Aprel oyida YUNISEF Afrikadagi jangarilar teraktlar sodir etishda bolalardan faollik bilan foydalanishga o‘tgani haqida xabar qilgandi. Ma'lum qilinishicha, "IShIDning G‘arbiy Afrikadagi bo‘limi" maqomini olgan "Boko Haram" tashkiloti har 5ta teraktdan birida yosh qizlardan foydalanadi. 2015 yil davomida bolalar orqali Kamerunda 21ta, Nigeriyada 17ta, Chadda 2ta terakt sodir etilgan.

Mavzuga oid