Dunyodagi eng ulkan charxpalak Ain Dubai qurilishi asosiy bosqichga yetib keldi
Meraas qurilish kompaniyasining xabar berishicha, Dubayning Blyuvoters orolida (Jumeirah Beach Residence qirg‘oq bo‘yining ro‘parasida) qad rostlayotgan dunyodagi eng ulkan Ain Dubai charxpalagining qurilish ishlari eng muhim bosqichga yetib keldi.
Asosiy qismlar BAA tayyorlandi va to‘plandi. 6,25 metr diametrli val atom elektrostansiyalarida foydalaniladigan po‘latdan tayyorlangan.
Charxpalak gupchagi va ko‘tarmasining balandligi 20 metrni tashkil etadi. Ularning og‘irligi 1805 tonna bo‘lib, bu to‘rtta Airbus A380 samolyoti hajmiga tengdir.
Bunday loyiha dunyodagi ikkita eng katta kran tufayli amalga oshirilmoqda. Har ikkala kran 3 ming tonnadan ortiq yuk ko‘tara oladi va 180 metr balandlikka chiqa oladi.
“Ain Dubai qurilish ishlari tugallanishi bilan muhandislik sohasida birinchi chinakam durdonaga aylanadi va mehmonlar gavjum bo‘lgan eng yaxshi attraksionga aylanadi. Bu maskan Dubayda ziyorat qilish kerak bo‘lgan taassurotga boy ko‘rish nuqtasiga aylanishi, shubhasiz”, — dedi Meraas kompaniyasining mazkur loyiha bo‘yicha rahbari Omar Delavar.
Ain Dubai (Dubai-I deb tanilgan ) Blyuvoters orolining asosiy ko‘ngilochar markaziga aylanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:44 / 06.12.2024
BAAda yana 9 o‘zbekistonlik ushlandi. Ular bilan 11 kundan buyon hech kim ko‘risha olmayapti
22:30 / 05.12.2024
Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
22:46 / 28.11.2024
Dubayda suzib yuruvchi politsiya uchastkasi ish boshlaydi
01:49 / 26.11.2024