Ukraina Afrikaga jangovar tank va vertolyotlarni sotgani fosh etildi
Ukraina Donbassda o‘tkazgan aksilterroristik amaliyotning eng qizg‘in pallasi – 2015-yilda, jangovar tank va vertolyotlarni eksport qilgan. Bmpd harbiy blogi xabar qilishicha, strategiyalar va texnologiyalar Markazi, Ukraina eksport nazorati Davlat xizmatiga tayangan holda shu haqda ma'lum qilgan.
Xorijga sotilgan texnikalar orasida sovet davrida ishlab chiqilgan 11 dona T-72M1 tanki (Nigeriyaga sotilgan) va 4ta T-72 (Efiopiya) hamda Ukraina mahsuloti bo‘lgan 5 dona «Oplot» tanki (Taylandga sotilgan) bor. Bundan tashqari, Janubiy Sudanga sovet davriga oid 3ta zarba beruvchi Mi-24V-MSB va 2ta Mi-24V vertolyotlari yetkazib berilgan.
Xorijga sotilgan qurol-aslahalar orasida — 12 dona sovet davriga tegishli 122-millimetrli D-30 gaubitsa, 20ta Ukrainada ishlab chiqilgan BTR-3 zirhli mashinasi va uning negizidagi mashinalar bor. Ular, Taylandga yuborilgan.
Ayni chog‘da, Lost Armour portalining xabariga ko‘ra, Ukraina Donbassdagi harbiy harakatlari chog‘ida katta miqdorda harbiy texnikalarini boy bergan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukraina armiyasining mingdan ortiq tank, BMP, BTR va boshqa turdagi zirhli texnikalari yo‘q bo‘lgan. Bundan tashqari, 7ta jangovar, 2ta transport va bitta ayg‘oqchi samolyoti, shuningdek 11ta vertolyot ham janglar qurboni bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:14 / 29.12.2024
Ukraina ilk bor KXDR askarini asirga oldi
21:05 / 28.12.2024
Zelenskiy: Putin Slovakiya bosh vaziriga Ukrainaga qarshi «ikkinchi energetika fronti» ochishni buyurdi
09:31 / 28.12.2024
GUR: Dronlar Ukraina chegarasidan 2000 km uzoqlikdagi nishonlarga hujum qila oladi
08:56 / 28.12.2024