Diyorbek O‘rozboyev: “G‘alabamni O‘zbekistonning 25 yillik to‘yiga bag‘ishlayman”
Dzyudo kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a'zosi Diyorbek O‘rozboyev Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamiz hisobiga dastlabki medalni keltirdi.
Og‘irlik vazni 60 kg.gacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida tatamiga tushgan iste'dodli sportchimiz Avstraliya, Shveytsariya, Braziliya hamda Gruziya terma jamoasi a'zolarini mag‘lub etib, bronza medali sovrindori bo‘ldi.
“Birinchilardan bo‘lib bahslarga kirishish juda ham mas'uliyatli. Men bunga ham jismonan, ham ruhan tayyor edim. Biz sportchilarga Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e'tibor o‘z so‘zini aytmoqda. Odatda sportchilar mana shunday g‘alabalarni biror-bir sana yoxud yaqinlaridan biriga bag‘ishlaydilar. Men Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlayman. Xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlaganligimdan xursandman. Fursatdan foydalanib meni doimo qo‘llab-quvvatlab turadigan oilamga, ustozlarimga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu barchamizning yutug‘imizdir”, - deydi Diyorbek O‘rozboyev.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024