Fan-texnika | 16:14 / 01.09.2016
15524
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘llardagi tirbandlikni chetlab o‘tishning samarali usuli taklif qilindi

Amerikalik ekspertlar yo‘llardagi tirbandlikni chetlab o‘tishning samarali usulini taklif qilishdi. Buning uchun har bir mashina shunday harakatlanishi kerakki, undan oldindagi va orqasidagi avtomobillar orasidagi masofa teng bo‘lishi lozim. Mutaxassislar g‘oyasini namoyish qiluvchi video YouTube’ning CGP Grey ta'lim kanalida taqdim qilingan, Popular Mechanics nashri bu haqida qisqa ma'lumot bergan.

Ushbu g‘oyani amalda qo‘llash biroz qiyin, zero buning uchun yo‘lda harakatlanayotgan har bir haydovchi g‘oyadan boxabar qilinishi kerak. U inson omili bilan bog‘liq kamchiliklardan xoli haydovchisiz transport vositalari uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid