Light | 17:29 / 29.09.2016
11635
2 daqiqa o‘qiladi

Isroillik olimlar shirinliklarni yeb semirmaslik yo‘lini topishdi

Tel-Aviv olimlari dunyoning shirinlikxo‘rlari uzoq vaqtdan beri orziqib kutgan ixtironi amalga oshirishdi. Ma'lum bo‘lishicha, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun ratsiondan shirinliklarni olib tashlashga hojat yo‘q. Shunchaki ularni kunning muayyan bir vaqtida iste'mol qilish kerak. 

Bunday ajoyib bayonotni isbotlash uchun shifokorlar jamoasi qiziq bir tajriba o‘tkazdi. Ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi 193 nafar bemor ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruh 300 kkal'li me'yoriy nonushta bilan oziqlandi, ikkinchi guruh esa ratsionida shirinlik bo‘lgan 600 kkal'li nonushta bilan boqildi. Shunisi qiziqki, ikki guruhda ham kundalik kaloriya iste'moli bir xil bo‘lgan. 

 

Parhezga start berilgan vaqtdan 8 oy o‘tib, tadqiqotning barcha ishtirokchilari 15 kilogramm vazndan xalos bo‘lishgan. Biroq yana 8 oydan keyin mutlaqo kutilmagan natija kuzatilgan. Nonushtaga shirinlik iste'mol qilgan guruhdagi kishilar yana 7 kilogrammdan vazn yo‘qotishgan, me'yoriy nonushta qilganlar esa aksincha 10 kilogramm va undan ham ortiq vazn  to‘plashgan. Shunday qilib, tajriba yakunida shirinlikxo‘rlar kamida 20 kilogramm, qolganlar esa - 5 kilogramm atrofida vazn tashlashgan. 

Isroillik shifokor doktor Danela Yakubovich buni quyidagicha izohladi: "Pastuglevodli parhezga rioya qilganlar doim och bo‘lishgan, bu esa ularni tez-tez muzlatgich yoniga choralagan. Shirinlik yeyishga imkon berilganlar esa belgilangan ovqatlanish tartibini buzishga moyil bo‘lishmagan. Shirinliklar iste'moli uchun eng yaxshi payt - ertalab bo‘lib, kunning bu qismida metabolizm tezroq ishlaydi". 

 

Mavzuga oid