Jahon | 23:20 / 17.10.2016
9871
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘sulda xudkush harbiylar kolonnasiga hujum qilishi oqibatida 70 ga yaqin harbiy halok bo‘ldi

Foto: AFP

IShID terrorchi-xudkushi Mo‘sul shahridan sharqroqda iroqlik harbiylar kolonnasiga hujum qildi, deb xabar bermoqda Firat kurd agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, hujum Mo‘suldan sharqda joylashgan G‘iyor degan joydagi Bilavet qishlog‘i yaqinida, kolonna shaharga bostirib kirayotganda sodir etilgan. Oqibatda 70 ga yaqin harbiy halok bo‘lgan.

17 oktabrda iroqlik harbiylar va kurd mudofaa kuchlari AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasini boshlashdi. Ma'lum qilinishicha, hujumda 80 mingga yaqin odam ishtirok etmoqda. Ular bir necha ming jangariga qarshi kurashmoqdalar.

Iroq Kurdistoni prezidenti Mas'ud Barzaniy "peshmerg" kurd kuchlari Iroq armiyasi bilan birgalikda markazi Mo‘sul hisoblanadigan Naynovo viloyatida 200 kvadrat kilometr hududni ozod qilishga muvaffaq bo‘lganlarini ma'lum qilgan. 

 

Mavzuga oid