Jamiyat | 21:55 / 18.10.2016
20120
2 daqiqa o‘qiladi

Muxbirlar Malibudagi qirg‘oq bo‘yida Jolini baxtiyor holda uchratishdi

Kaliforniyalik muxbirlar aktrisa Anjyelina Jolini turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan ajralishi haqidagi xabardan so‘ng ilk marta suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida ET Online xabar qiladi.

Aktrisani Tinch okeani qirg‘og‘ida joylashgan yangi turar-joyni ko‘zdan kechirayotgan mahal Malibu (Los-Anjyeles okrugi) shahrida suratga olishgan. Uyda u bir soatdan ortiq vaqt bo‘lgan.

41 yoshli aktrisaning yonida katta o‘g‘li Meddoksdan tashqari barcha farzandlari bo‘lgan. Ular plyaj bo‘ylab, enaga nazorati ostida o‘ynashgan. Muxbirlar fikricha, ular juda «baxtiyor va  hayotdan mamnun» ko‘rinishgan. Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, Jolining o‘zi ham «juda baxtli va xotirjam» kayfiyatda edi.

Eslatib o‘tamiz, ajrim haqidagi xabarlardan so‘ng 52 yoshli Pittni omma oldida uchratishmagan. Ma'lum bo‘lishicha, sobiq er-xotin muddati 20 oktabr kuni tugaydigan bolalar ustidan vasiylik bo‘yicha vaqtinchalik kelishuvga erishishgan. Hujjatga muvofiq, bolalar onasiga topshirilgan, otaga esa bir marotaba uchrashish ruxsat berilgan. Ularning keyingi hayoti sudda ma'lum bo‘ladi. Aktyorlar advokatlar orqali so‘zlashishmoqda va ikkisi ham psixoterapevtga murojaat qilgan.

Mavzuga oid