Jahon | 14:00 / 19.10.2016
5941
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston deputati terrorchilarga qarshi yangi choralarni taklif etmoqda

Foto: AP

Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi deputati Irina Smirnova mamlakatda terrorchilar uchun alohida qamoqxonalarni barpo etish tashabbusi bilan chiqdi. 

"Qozog‘istonda ekstremistik va terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha sudlanganlar uchun  maxsus koloniyalarni barpo etish yoki qamoqxonalarning o‘zida alohida hududlarni tashkil etish masalasini zudlik bilan hal qilish lozim. Bu birinchi galda qamoqda saqlanayotgan yoshlarning orasida radikal g‘oyalar urchishining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi kerak", — degan Smirnova, Qozog‘iston bosh vaziriga yo‘llagan maktubida. 

Uning qayd etishicha, ekstremistik tashkilotlar sobiq mahbuslar bilan faol ishlaydi.  "Ko‘plab sobiq mahbuslar ozodlikka chiqqach, davlat va jamiyatdan ko‘ra, ekstremistik tashkilotlar tarafdorlaridan ko‘proq moddiy va ruhiy yordam olish imkoniyatiga ega", — degan Smirnova.

Mavzuga oid