Milliy TVda yangi serial. Nima uchun uni albatta tomosha qilish kerak?
Milliy TV telekanalida dushanbadan-jumaga qadar soat 20.00da yangi “Avtotest” nomli serial namoyish etilmoqda. Komediya janrida tayyorlangan ushbu 20 qismlik serialni har birimiz albatta tomosha qilishimiz uchun kamida 5-ta sabab bor.
Barchamiz uchun sevimli kinoaktyorlar “Avtotest” serialida. Serial tomoshabinlari teleekranlari orqali Adiz Rajabov, Farxod Abdullayev, Zuxra Soliyeva, Sitora Alimjanova va boshqalarni yangi ko‘rinishda kashf etadilar.
20 qism ichida bir talay kulgu. “Avtotest” serialida 5-nafar bo‘lajak xaydovchilar turli-tuman quvnoq va qiziqarli sarguzashtlarga duch keladilar. Film qahramonlarining tushadigan har xil kulguli holatlari inson kayfiyatini bir zumda ko‘tarib yuborishi aniq.
Avtomobilni boshqarishga o‘qish oson vazifa emas. Tomoshabin serial qahramonlari bilan birga avtomaktabda o‘qish paytida vujudga keladigan barcha qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Biroq bu qiyinchiliklar tomoshabinlarga faqatgina yaxshi kayfiyat ulashadi.
Xar bir qahramonni o‘zining qiziqarli tarixi bor. Serial, 5 nafar Avtotest o‘quvchisining o‘ziga hos tarixini ochib beradi. Qahramonlarning biri aqlli lekin qo‘rqoq, biri jasur lekin bebosh, biri xarakatchan bo‘lsa biri ishyoqmas. Ularning birgalikdagi xatti-xarakatlarini tomosha qilish esa juda zavqli.
Va nihoyat serialda haydovchilik guvohnomasini shunchaki sotib olish emas, astoydil o‘qib, o‘rganib olish kerakligi g‘oyasi ilgari surilgan serialni tomosha qilish nafaqat qizqarli balki foydali hamdir.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:56
O‘zbekiston maktablarida Kembrij o‘quv dasturini joriy etish yuzasidan muzokara o‘tkazildi
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
19:39 / 19.12.2024
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
16:56 / 13.12.2024