Jamiyat | 22:40 / 30.10.2016
16559
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik kishi o‘z ismini iPhone 7'ga almashtirdi

Foto: © AP

Elektronika do‘konida o‘z ismini iPhone 7'ga almashtirgan ilk besh kishiga Apple mahsuloti bepul taqdim qilinishi haqidagi e'londan so‘ng Ukraina fuqarosi Aleksandr Turin rasman iPhone Sim (Seven) nomini oldi. Bu haqida Emirates 24|7nashrida ma'lum qilindi

20 yoshli iPhone Sim (Seven) juma kuni orzusidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. U agar istasa, farzandli bo‘lganida asl ismini (Aleksandr Turin) qaytarib olishi mumkinligini ta'kidladi. 

Manbaga ko‘ra, telefon bahosi Ukrainada 850 AQSh dollarini tashkil qiladi. 

Ayfon Simning oilasi va do‘stlari avvaliga bundan hayratga tushishdi, biroq keyinchalik uning qarorini qo‘llab-quvvatlashdi. 

Uning opasi Tatyana Panina "bunga ishonish va tan olish qiyin bo‘lgani"ni ta'kidladi va qo‘shimcha qildi: "Har bir inson bu dunyoda o‘zini namoyon qilish yo‘lini izlaydi, xo‘sh, nima uchun buni shu yo‘l bilan amalga oshirmaslik kerak ekan?"

Bundan avval Ukrainadagi "Allo" do‘koni o‘z ismi-sharifi ni rasman iPhone 7'ga almashtirgan ilk 5 nafar fuqaroga bepul telefon taqdim qilinishini to‘g‘risida xabar berilgandi. 


 

Mavzuga oid