Ukraina Instagram’da rasmiy sahifasiga ega bo‘ldi
Instagram’da Ukrainaning rasmiy sahifasi paydo bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Twitter-akkauntida ma'lum qilingan.
«Ukrainaning moviy-sarig‘i endi Instagram’da! Ukrainaning go‘zalligi va insonlari tarixi», — deyiladi tvitda.
Yangi akkauntda e'lon qilingan birinchi post 2014 yilda Slavyansk uzra ko‘tarilgan Ukraina davlat bayrog‘ining surati bo‘ldi. Qolgan suratlarda esa Ukrainaning tabiati va diqqatga sazovor joylari aks etgan. Unda Belgorod-Dnestrovskaya qal'asini va «Podolskiye Tovtry» milliy tabiat xiyoboni manzaralarini ko‘rish mumkin.
Xuddi Twitter singari yangi profildagi barcha yozuvlar ingliz tilida yuritilgan.
ain.ua saytining ma'lum qilishicha, ushbu Instagram-akkaunt maxsus belgi (galochka) olmagan bo‘lsa ham, uni “Ukrainaning bir qancha tashkilotlaridagi rasmiylar” yuritmoqda.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024