Fan-texnika | 17:55 / 14.11.2016
15723
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston dunyo reytingining interneti noerkin mamlakatlari qatoridan joy oldi

Foto: freedomhouse

Amerikaning Freedom House nodavlat tashkiloti Freedom on the Net 2016 hisobotini taqdim etdi. Tadqiqotga ko‘ra, internet-foydalanuvchilarning 67 foizi hukumat, harbiylar va hukmron elita tanqidi senzura hisoblanadigan mamlakatlarda yashaydi. Bu haqida Freedom House'ning rasmiy saytida ma'lum qilindi

Bir yil avval bu ko‘rsatkich 61 foizdan kamroqni tashkil qilar edi. Tadqiqotda ta'kidlanishicha, senzura darajasining ko‘tarilishi asosan bir qator mamlakatlarda ma'lumotlarni uzatishda shifrlashni qo‘llovchi  messenjerlaridagi (WhatsApp va Telegram) bloklash tizimi tufayli sodir bo‘ldi. WhatsApp 12 mamlakatda taqiqlangan, Telegram esa - 4 mamlakatda. 

Freedom House ma'lumotlariga ko‘ra, 27 foiz tarmoq foydalanuvchilari joylashtirilgan postlar, ularni boshqalar bilan o‘rtoqlashish va hattoki "layk"lar uchun panjaraga ortiga tushish mumkin bo‘lgan mamlakatlarda yashaydilar. Xususan, 2015 yilda misrlik talaba mamlakat prezidenti Abdul Fattoh Halil As-Sisiyning suratiga fotoshopda Mikki-Mausning quloqlari chizilgan tasvirni joylashtirgani uchun 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Tadqiqot 2015 yilning iyunidan internet-foydalanuvchilarning 88 foizi istiqomat qiladigan 65 mamlakatda o‘tkazildi. Freedom House'ning baholashicha, 17 mamlakatda internet - erkin. Yetakchilar beshligida - Estoniya, Islandiya, Kanada, AQSh va Germaniya mamlakatlari qayd etilgan. 

Interneti "noerkin" bo‘lgan mamlakatlar soni esa - 20ta. Eng yomoni, Freedom House fikricha, internetdagi senzuralarga duch kelgan mamlakatlar orasida Xitoy, Suriya, Eron, Efiopiya va O‘zbekiston nomlari qayd etilgan. Bu ro‘yxatdan shuningdek Rossiya, Qozog‘iston va Belarus mamlakatlari o‘rin olgan. 

Mavzuga oid