Jahon | 16:52 / 01.12.2016
24499
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Putinga Suriya bo‘yicha bayonoti yuzasidan izoh berdi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildiki, Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an chorshanba kuni Ankaraning Suriya masalasi bo‘yicha bayonotini muhokama qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Faqat shuni aytishim mumkinki, kecha bizning prezidentimiz va Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi va muloqot davomida bu masalaga to‘xtalib o‘tildi. Ha, u bu bayonoti bo‘yicha tegishlicha izoh berdi», — deya javob qaytargan u shu haqdagi savolga.

Ushakov Turkiya rahbarining izohi Rossiyani qoniqtirganmi, yo‘qmi, bu savolga oydinlik kiritmagan.

29 noyabr kuni Erdo‘g‘an turk armiyasi Suriyaga Asad rejimini ag‘darish uchun bostirib kirgani haqida ma'lum qilgandi.

30 noyabr kuni Rossiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov bu bayonot Kreml uchun kutilmagan yangilik bo‘lgani, Rossiya tomoni bu gaplar uchun izoh kutayotgani haqida aytib o‘tdi.

Mavzuga oid