Light | 20:33 / 02.12.2016
22363
3 daqiqa o‘qiladi

Barcha davrlarning eng qimmatbaho sovg‘alari reytingi taqdim etildi

Forbes barcha davrlarning eng qimmatbaho sovg‘alari reytingini taqdim etdi.

Foto: © AFP

Birinchi o‘rinni 186 karatli "Ko‘hinur" olmosi egallagan bo‘lib, bunday noyob sovg‘a 1849 yilda Sikx davlatining so‘nggi maxarajasi Dalip Singx tomonidan Britaniya qirolichasi Viktoriyaga hadya etilgan. 

Ikkinchi o‘rinda 1770-yillarda AQSh mustaqilligi uchun urushda Fransiyaning 20 milliard dollar (hozirgi kursga aylantirilganda) ko‘rinishidagi sovg‘asi qayd etilgan. Jurnalda ta'kidlanishicha, bu yirik fransuz inqirozi va inqilobiga olib kelgan. 

Foto: © AFP

Uchinchi o‘rin Cartier marvaridiga nasib etdi. Bunday ajoyib sovg‘a 1917 yilda bank xodimi Morton Plank tomonidan turmush o‘rtog‘iga taqdim etilgan. Zamonaviy o‘lchamlarga ko‘ra, bu ayollar bezagining narxi - 20 million dollar. 

2003 yilda milliarder Leonard Lauder Metropoliten-muzeyga o‘zining 1,1 milliard dollar qiymatga ega san'at kolleksiyasini hadya qilgan. Ushbu kolleksiyadan Pablo Pikasso, Jorj Brak va boshqa taniqli musavvirlarning san'at asarlari joy olgan. Bu reytingning to‘rtinchi satrida qayd etilgan. 

Foto: © AFP

Roman Abramovichning turmush o‘rtog‘iga atalgan sovg‘alari beshinchi pog‘onani zabt etgan: milliarder xotiniga yuz million dollarlik san'at asarlarini tuhfa qilib keladi. Bunga Alberto Jakomettining 14 million dollarga baholangan haykaltaroshlik namunasini misol qilish mumkin. 

Foto: © AFP

Oltinchi o‘rinda - aktyor Richard Bertonning 1969 yilda o‘zining turmush o‘rtog‘i aktrisa Elizabet Teylorga sovg‘a qilgan 68 karatli olmosi. Prezentning zamonamizga moslangan bahosi  - 6,6 million dollar. 

Yettinchi o‘rinni XVII asrda Shoh Jahonning o‘z ayoli xotirasiga qurdirgan Toj-Mahal yodgorligi egallab turibdi. Mazkur qurilishga, zamonaviy hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 827 million dollar sarflangan. 

Foto: Luxury.ro

2008 yilda hindistonlik ishbilarmon Anil Ambani turmush o‘rtog‘i, sobiq Bollivud aktrisasi Tinaga 34 metrli superyaxtani taqdim etgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, kemaga 80 million dollar sarflangan. Bu - sakkizinichi pog‘ona. 

Foto: © AFP

1908 yilda milliarder Tomas Uolsh qizi Evelinning turmushga chiqishi munosabati bilan unga "Sharq yulduzi" olmosini sovg‘a qilgan. Uch yildan so‘ng qizining turmush o‘rtog‘i unga "Houp" olmosini taqdim etgan. Bu ikki olmos to‘qqizinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. 

Foto: Newyou.com

Top-10 ro‘yxatini milliarder Mixail Gutseriyevning 2016 yilda o‘g‘li Saidning to‘yi munosabati bilan  tashkillashtirgan hashamatli tantanasi egalladi. 

Mavzuga oid