Fan-texnika | 17:53 / 27.12.2016
17536
2 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning eng kuchli superkarlari

Kun.uz 2016 yilning eng yaxshi va kuchli superkarlarini taqdim etadi.

Lamborghini

Yangi Lamborghini Huracán 580−2 o‘ta kuchli hamda har kunlik qatnovlarga juda qulay avtomobildir. Lamborghini’da barcha 573 ot kuchi faqatgina orqa g‘ildiraklarga yetkaziladi.

Narxi esa 200 ming dollardan boshlanib, bu biroz kuchliroq bo‘lgan modellardan 20 foizga arzonroqdir. 

McLaren

Lamborghini’ning Britaniyalik raqobatchisi McLaren joriy yilda 570GT modelini taqdim etdi. Modelda yo‘lovchilar ortida, dvigatel ostida yuklarga mo‘ljallangan joy bor. 570GT – bu o‘ta kuchli mashinalar xarid qilinadigan barcha maqsadlarni o‘zida jamlashtirgan.

Superkarlar yoqilg‘ini iqtisod qilish va gibridli texnologiyalar yo‘nalishida rivojlanmoqda. Biz bu holatni Porsche 918, Ferrari LaFerrari va McLaren P1 misolida ham ko‘rdik. Ularning qiymati 1 million dollardan boshlanadi.

Acura

Acura NSX gibridini endilikda “atigi” 156 ming dollarga xarid qilish mumkin. U AQShda ishlab chiqarilgan bo‘lib, g‘ayritabiiy tashqi ko‘rinishga ega. Road & Track jurnalining fikricha, u «yil su¬per-kari» ekan. Mashina poyga yo‘llarida ancha yengil harakat qiladi. Shuningdek, shahar ko‘chalarida ham haydovchilarga qulay tezlikda yurishi mumkin. 
 

Mavzuga oid