Tu-154 laynerida bo‘lgan uchinchi "qora quti"ning tasmasi topildi
Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyotida bo‘lgan uchinchi "bort yozuvchisi" topilmadi. Bu haqida TASS agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
"Uchinchi qora qutining tasmasi topildi, bu esa qutining o‘zi yo‘q bo‘lganidan dalolat beradi. Samolyot bortida bo‘lgan uchinchi qora quti tasmasiga ziyon yetgan bo‘lsa-da, uni shifrlash mumkin", - deyiladi manbada.
Agentlik suhbatdoshi bortning qolgan ikki "yozuvchi"sini shifrlash ishlari yaqin vaqt ichida tugallanishini qo‘shimcha qildi.
Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti 25 dekabr kuni Sochidan Suriyaga parvoz qilayotib, halokatga uchradi.
Samolyot bortida harbiy xizmatchilar, OAV vakillari, huquq himoyachisi Yelizaveta Glinka (doktor Liza), shuningdek Aleksandrova nomidagi ansambl artistlari bo‘lgan. Samolyot Qora dengiz akvatoriyasida halokatga uchragan. Natijada 92 nafar kishi halok bo‘lgan.
Tu-154'ning uch "qora quti"si topilgan. Ularning ikkitasi Moskvaga yetkazilgan, hozirda ularni shifrlash ishlari ketmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 30.11.2024
2024 yilda inson faoliyati tufayli dengiz va okeanlarda 50 ming sutemizuvchi nobud bo‘ldi
14:59 / 09.11.2024
Shaharchani butunlay vayron qilgan halokat: Kanadada Fransiya harbiy kemasi qanday portlagandi?
21:25 / 25.05.2024
Yevropa Ittifoqidagi barcha yangi avtomobillar «qora qutilar» bilan jihozlanadi
22:29 / 17.11.2023