Volkswagen elektrmotorli yo‘ltanlamas miniven ishlab chiqdi
Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi I.D. Buzz elektrli miniven prototipini namoyish etdi. Uning ilk taqdimoti Detroyt avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi.
Har bir o‘qqa joylashtirilgan va umumiy quvvati 369 ot kuchiga ega ikkita elektr dvigatel uni yo‘ltanlamas minivenga aylantiradi. Motorlar 111 kVt*soatlik batareyalardan quvvatlanadi.
Volkswagen I.D. Buzz joyidan 96 km/soat tezlikka 5 soniyada erishadi. Kontsept karning eng yuqori tezligi elektronika yordamida soatiga 160 km tezlikda cheklangan. Miniven bir marta quvvatlanish bilan 600 km masofani ortda qoldiradi. Batareyalarni 80 foizga to‘ldirish uchun maxsus qurilmada yarim soat vaqt talab qilinadi.
I.D. Buzz gabarit o‘lchamlari 4942x1976x1963 mmni tashkil etadi. Volkswagen I.D. Buzz jihozlari ro‘yxatiga muqobil boshqaruv tizimi ham kiritilgan. Ushbu tizim ishga tushirilganda, rul chambaragi markaziy konsolga kirib ketadi.
Unga 3 qator o‘rindiq o‘rnatiladi. Old o‘rindiqlar muqobil boshqaruv vaqtida ortga o‘girilishi, o‘rta o‘rindiqlar xontaxta, orqa o‘rindiqlar lozim bo‘lganda yotoq vazifasini bajarishi mumkin.
Bundan tashqari, Volkswagen I.D. Buzz haydovchini taniy oladi. Qo‘shimcha reallikka ega proyeksiya displeyi, orqani ko‘rsatuvchi oynalar o‘rniga kameralar, diodli bosh chiroqlar, 22 dyuymli disklarga ega bo‘ladi.
Hozircha, I.D. Buzz minivenining seriyali ishlab chiqarilishiga oid aniq muddat ma'lum qilingani yo‘q. Biroq, kompaniya bundan avval, elektromobillari turini 2020 yilga kelib keskin oshirishini bildirgan edi.
Mavzuga oid
23:27 / 27.12.2024
Internetda Volkswagenʼning 800 mingga yaqin elektromobili haydovchilariga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
20:30 / 02.12.2024
Volkswagenʼning to‘qqizta zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
23:42 / 27.11.2024
Volkswagen ko‘plab ayblovlardan keyin Xitoydagi zavodini sotdi
20:31 / 13.11.2024