Jahon | 23:06 / 12.01.2017
12344
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an qo‘riqchilarining sobiq boshlig‘i hibsga olindi

Turkiya sudi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qo‘riqlash xizmatining sobiq boshlig‘i Maksut Karalni terrorchilik faoliyatiga aloqadorlik bo‘yicha ayblovlarga ko‘ra hibsga oldi. Bu haqda Dogan axborot agentligi xabar bermoqda

Karal Antalya viloyatining Kemer uyezdida qo‘lga olinib, muholifatchi Fathulloh Gulenning FeTO tashkiloti faoliyati tergovi bo‘yicha prokuraturaga so‘roq qilingani yetkazilgan. So‘roq natijalariga ko‘ra tergovchilar Karalni hibsga olishga suddan ruxsat olishgan. U terrorchilik tashkilotiga a'zolikda va uning nomidan ish qilishda ayblanmoqda. 

Karal bir necha yillar avval, Erdo‘g‘an bosh vazir bo‘lganda uning qo‘riqlash xizmati boshlig‘i bo‘lgan. 2016 yil oktabrdan Karal rasman pensiyaga chiqqan. Karal avval politsiya tomonidan qimmatbaho metallar bilan firibgarliklar amalga oshirish gumoni bilan ushlangan, biroq ayblovlar e'lon qilinmasdan qo‘yib yuborilgan.

Mavzuga oid