Sport | 23:03 / 08.02.2017
15468
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov uchinchi marta Jahon chempionatida ishlashi mumkin

FIFA hakamlik departamenti o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovni 2018 yilgi jahon chempionatida ishlashi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatiga kiritgan va uni Italiyaning Koverchano shahriga shu yilning 3-7 aprel kunlari o‘tkaziladigan seminarga taklif etgan.

2018 yilgi JCh uchun tayyorgarlik bosqichi o‘rnini o‘taydigan bu seminarda 53 nafar hakam ishtirok etadi.

OFKdan taklif etilgan hakamlar soni 7 nafar.

Ravshan Ermatov 2010 yili JARda va 2014 yili Braziliyada o‘tkazilgan mundiallarda ishlab, jami 9ta uchrashuvni boshqargandi. Bu esa jahon rekordi hisoblanadi.

Mavzuga oid