Jahon | 15:55 / 18.02.2017
7004
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel: xalqaro hamjamiyat Islom va terrorizm o‘rtasida chegarani aniqlab olishi kerak

YeI yevro hududini mustahkamlab, yagona valyuta ittifoqini muhofaza qilishi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda Germaniya kansleri Angela Merkel. U Myunxen xavfsizlik konferensiyasida shunday bayonot bergan. "Biz umumiy valyutamizni mustahkamlashimiz kerak", - degan Merkel va YeI "allaqachon ikkita moliyaviy inqirozni boshidan kechirgani"ni xotirlagan.

Uning aytishicha, Yevropaning yagona puli chiqarilayotganida inqirozlarni hal etish mexanizmlari ishlab chiqarilmagan. Angela Merkelning konferensiyada aytishicha, Germaniya Yevropa Markaziy bankining siyosatiga aralashmayapti. 

"YeMB mustaqil siyosat yuritadi, u Germaniyadan boshqarilmaydi. Bu yevrohudud mamlakatlari uchun umumiy qoidadir", - degan Merkel. 

GFR kansleri, shuningdek, xavfsizlik masalalariga ham to‘xtalib, mamlakat YaIM (yalpi ichki mahsulot)ning 2 foizini mudofaa sohasiga yo‘naltirish bo‘yicha majburiyatini ado etish borasida choralar ko‘rayotganini aytdi. 

Merkelning uqdirishicha, "NATO a'zo davlatlarning qo‘shma manfaatlariga javob beradi". 

GFR yetakchisi o‘z ma'ruzasida YeI migratsiya oqimlaridan o‘z chegaralarini himoya qilishga shay bo‘lmaganiga e'tibor qaratib, xalqaro hamjamiyat tinchlikparvar Islom dini bilan terrorizm o‘rtasida chegarani aniqlab olish zarurligini qayd etdi. 

Mavzuga oid