Jahon | 07:50 / 18.02.2017
33283
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp mashinasiga tajovuz qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp mashinasiga noma'lum kimsa tomonidan tosh uloqtirildi. Voqea Floridada yuz bergan, Tramp bu yerga dam olish kunlariga kelgan. Bu haqda AQSh maxfiy xizmati vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Ta'kidlanishicha, prezident korteji Palm-Bich aeroportidan Trampning Mar-a-Lago maskaniga ketayotgan bo‘lgan. Noma'lum kimsa Tramp ketayotgan avtomobilga tosh yoki shunga o‘xshash buyum uloqtirgan, biroq "nishonga ura olmay", boshqa mashinaga tekkan.

Maxfiy xizmat voqeani tergov qilishni boshladi.

"Maxfiy xizmat kunning ikkinchi qismida kortejga qandaydir buyum uloqtirilganligini tasdiqlaydi. Biz voqeani tergov qilmoqdamiz va hozircha boshqa ma'lumot taqdim qila olmaymiz", deb aytgan xizmat vakili.

Mavzuga oid