Fan-texnika | 23:19 / 30.03.2017
4732
1 daqiqa o‘qiladi

Vimpelcom Ltd aksionerlari kompaniya nomini VEON'ga o‘zgarishini ma'qullashdi

Vimpelcom Ltd aksionerlari kompaniya nomini VEON'ga o‘zgartirish taklifini ma'qullashdi. Bu haqda kompaniya ma'lum qildi.

2017 yilning 31 martidan boshlab kompaniya NASDAQ'da VEON tikeri ostida savdo qiladi.

Vimpelcom kompaniyasi fevral oxirida yangi internet platformasi ishga tushirilgani tufayli VEON nomiga o‘tishini ma'lum qilgan edi. Kompaniya, shuningdek, 2017 yilning II choragida yevropalik investorlarni bazasini kengaytirish uchun Yeuronext'da ikkilamchi listing o‘tkazishi haqida ham xabar bergan. 

Avvalroq ma'lum bo‘lishicha, kompaniya "Bilayn" brendi va o‘zining boshqa WindTre, Djezzy, Jazz, "Kiyevstar" hamda Banglalink kabi mahalliy brendlari nomini o‘zgartirmaydi. Sababi, ular yetarlicha kuchga egadir. 
 

Mavzuga oid