Light | 23:11 / 03.04.2017
48536
1 daqiqa o‘qiladi

Qondagi qand miqdorini kamaytirishga yordam beruvchi mahsulot nomi ma'lum

Afsuski, so‘nggi vaqtlarda qandli diabet kasalligi borgan sari ko‘payib bormoqda. Bu kasallikka duchor bo‘lganlar soni oshib bormoqda. "Ortodoks" tibbiy portalida shu haqida foydali ma'lumot berildi.

Parhezshunoslar anchadan beri qisman bo‘lsa-da, insulin o‘rnini bosishi, qondagi qand miqdorini mustaqil ravishda tushirishi   mumkin bo‘lgan mahsulotni izlashmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, yong‘oqlarning barcha turlari bu kasallik bilan kurashishda yaqindan yordam berar ekan. 

Misol uchun, xandon pista to‘rt oy davomida iste'mol qilinsa, organizm hujayralari insulinga ko‘proq moyil bo‘lar ekan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bodom yordamida organizmga to‘qlik hissini baxsh etish mumkin. Bunday yong‘oq turini har kuni iste'mol qilish qonning umumiy tahlilini sezilarli darajada yaxshilaydi. 

Mavzuga oid