Light | 22:12 / 13.04.2017
29740
3 daqiqa o‘qiladi
Eng ko‘p maosh to‘lovchi 25 AQSh kompaniyasi ro‘yxati e'lon qilindi
Glassdoor kompaniyalarni o‘z xodimlariga to‘laydigan umumiy o‘rtacha ish haqi bo‘yicha baholadi. Ro‘yxatdagi 25 kompaniyadan to‘rttasi konsalting sohasida faoliyat yuritadi, qolganlari esa - texnologiya sohasida. Sog‘liqni saqlashdek sohalar ro‘yxatga kiritilmagan: ulardagi ba'zi xodimlar haqiqatda juda ko‘p maosh olsa-da, boshqalari kamroq ish haqi oladi.
Glassdoor mazkur ro‘yxatni tuzishda 2016-2017 yillar uchun olgan ish haqi va bonuslar haqida xabar bergan foydalanuvchilarga tayandi.
AQShda eng ko‘p ish haqi to‘lanuvchi 25 kompaniya:
- A.T. Kearney konsalting firmasi — o‘rtacha to‘lovlar summasi - 175 000 dollar (o‘rtacha ish haqi - 150 000 dollar).
- Strategy& konsalting firmasi - 172 000 dollar (150 000 dollar).
- VMware — virtualizatsiya uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi - 172 000 dollar (136 750 dollar).
- Splunk — mashina boshqaruvidagi ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi — 161 010 dollar (132 500 dollar).
- Cadence Design Systems — elektron qurilmalarni loyihalashtirishni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta'minot yaratuvchisi — 156 702 dollar (141 202 dollar).
- Google AT-korporatsiyasi — 155 250 dollar (120 000 dollar).
- Facebook AT-korporatsiyasi — 155 000 dollar (130 000 dollar).
- Nvidia — grafik tezlashtgich va protsessorlar, shuningdek tizimli mantiq majmuasi ishlab chiqaruvchisi — 154 000 dollar (150 000 dollar).
- McKinsey & Company konsalting kompaniyasi — 153 000 dollar (140 000 dollar).
- Amazon Lab126 — Amazon'ning sho‘'ba kompaniyasi, Kindle dasturiy platformasi ishlab chiqaruvchisi — 152 800 dollar (130 400 dollar).
- Juniper Networks — telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi — 150 000 dollar (138 500 dollar).
- LinkedIn AT-korporatsiyasi — 150 000 dollar (127 000 dollar).
- Salesforce — CRM-tizim ishlab chiqaruvchisi — 150 000 dollar (120 000 dollar).
- Dimension Data AT-korporatsiyasi — 150 000 dollar (110 000 dollar).
- Synopsys — elektronika loyihachisi — 148 000 dollar (130 000 dollar).
- Informatica — 147 400 dollar (125 000 dollar).
- Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi — 147 015 dollar (144 800 dollar).
- Broadcom — aloqa qurilmalari uchun integratsiyalashgan mikrosxemalar ishlab chiqaruvchisi — 145 025 dollar (130 000 dollar).
- Microsoft AT-korporatsiyasi — 144 000 dollar (127 000 dollar).
- Walmart eCommerce internet-riteyler — 143 500 dollar (124 900 dollar).
- Visa — to‘lov tizimi — 142 000 dollar (130 000 dollar).
- Twitter mikrobloglar servisi — 142 000 dollar (125 000 dollar).
- F5 Networks AT-korporatsiyasi — 140 555 dollar (125 000 dollar).
- Palo Alto Networks — brandmauerlar ishlab chiqaruvchisi — 140 020 dollar (124 700 dollar).
- Akamai — veb-saytlar akseliratsiyasi uchun xizmatlar taqdim etuvchisi, kontent va ilovalar platformalari provayderi 140 000 dollar (121 000 dollar).
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
08:15 / 14.12.2024
Toshkent 200-o‘rinda: xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
01:51 / 10.12.2024