Jamiyat | 11:48 / 26.04.2017
19618
5 daqiqa o‘qiladi

Parus - ko‘ngilochar majmuasida bolalar attraksionlariga 20 foizlik bonuslar berilmoqda

Farzandlaringiz yoki yosh bolakaylar bilan qayerda ko‘ngildagidek hordiq chiqarishni izlayotgan bo‘lsangiz, u holda Parus — siz xohlagan maskan.

Chunki u yerda, 2 va 3-qavatlar to‘liq o‘yin attraksionlari bilan to‘ldirilgan, 4-qavatda ovqatlanish joylari va kinoteatr mavjud, 6-qavatda esa bouling maydoni bunyod etilgan.

Agar 7 yoshgacha bo‘lgan bolakaylar bilan Parus’ga tashrif buyursangiz, ularni Wonderland — bolalar maydonchasidagi enagalarga ishonib topshirib, o‘zingiz 4-qavatdagi ovqatlanish maydonchasida ovqatlanishingiz yoki kinoteatrda yangi filmlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Enagalarga esa farzandingizni xuddi o‘zingizga ishongandek topshirsangiz bo‘ladi. Chunki ular boshlang‘ich tibbiy yoki pedagogik ta'limga ega va ishga chiqishdan avval maxsus tayyorlov kurslaridan o‘tishadi. Shu bois, farzandingiz bir soniya ham e'tibor va mehrdan chetda qolmaydi.

Oilaviy hordiq chiqarish sharoitlari jamlangan Parus — ko‘ngilochar majmuasi hozirda, bolalar uchun mo‘ljallangan barcha o‘yin attraksionlariga 20 foizlik bonuslarni taqdim etmoqda. 

Bunda, 50 ming so‘mlik xaridni amalga oshirsangiz, sizga 10 ming so‘m bonus qilib beriladi. Ya'ni bolalar attraksionlarda 50 ming so‘mlik emas, 60 ming so‘mlik foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Aktsiya 1-iyunga qadar davom etadi va dushanbadan jumagacha amal qiladi. 

Quyida majmuaning qavatlar bo‘yicha qisqa ta'riflarini keltiramiz:

Birinchi qavatda Makro supermarketi faoliyat olib bormoqda. Majmuada hordiq chiqarish bilan birga, uy-ro‘zg‘or uchun xaridlarni ham shu yerning o‘zida amalga oshirishingiz mumkin.

Ikkinchi qavatda kichik yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlar ishlab turibdi. Yuqorida ta'kidlangan Wonderland maydonchasi ham shu qavatda. Farzandlaringiz uchun ayniqsa, ushbu qavatdagi Toys Land — o‘yinchoqlar do‘koni juda qiziq bo‘lishi tabiiy. Chunki, do‘konda juda ko‘p o‘yinchoqlar mavjud.

Bolalar o‘yin bilan band bo‘lgan paytda, kattalar xushbo‘y qahvadan ta'tib ko‘rishlari uchun maydoncha yonginasida Canella kafesi xizmat ko‘rsatmoqda. 

Uchinchi qavatda esa 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va kattalar uchun o‘yin qurilmalari hamda attraksionlar mavjud. Shuningdek, ushbu qavatda Bellstore — kosmetika mahsulotlari do‘konlar tarmog‘ining do‘koni ham bor. Bu esa ayollar e'tiboridan chetda qolmaydi.

To‘rtinchi qavat ovqatlanish maydonchasi bo‘lib, u yerda quyidagi tamaddixonalar faoliyat olib bormoqda:

  • Sumbula — milliy taomlar restorani;
  • La Marmite — turk taomlari oshxonasi;
  • Dayako Chicken — koreyscha sirli retsept asosida tayyorlangan sous bilan mazali jo‘jalar;
  • Chopar Pizza — shaharning eng yaxshi pitsaxonalaridan biri;
  • Barbeque Burger — haqiqiy burgerlar;
  • Samurai Sushi — yaponcha oshxona;
  • Retsept Schastya — desert va shirinliklar.

Bundan tashqari, ushbu qavatda Parus Cinema kinoteatri mavjud. U yerda uchta kinozal bor va ulardan ikkitasida jahon kinosi, bittasida esa o‘zbek kinolari namoyish etiladi. Yangi filmlarni yuqori sifatda tomosha qilish uchun bu kinoteatr yaxshi joy.

Namoyishlar vaqti, kinolar treyleri va ular haqidagi ma'lumotlar bilan paruscinema.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Beshinchi qavat esa bayram va tantanalar uchun maxsus qavat hisoblanadi. U yerda turli tadbirlar, tug‘ilgan kunlarni nishonlash mumkin.

Oltinchi qavatda ko‘pchilik uchun doimiy tashrif joyiga aylanib ulgurgan Parus Bowling — bouling maydoni faoliyat olib bormoqda. Bu qavat nafaqat o‘yin o‘ynash uchun, balki so‘nggi paytlarda do‘stlar davrasida tug‘ilgan kun yoki boshqa tadbirlarni ham nishonlash uchun yaxshi joyga aylanib ulgurgan. 

Chunki, u yerda maxsus restoran ham faoliyat olib boradi. Siz esa bouling o‘ynash bilan bir vaqtda, boshqa qavatlardan taom buyurtma qilishingiz yoki shu qavatdagi Aroma Food Bar ichimliklari, shirinliklari-yu, muzqaymoqlaridan ta'tib ko‘rishingiz mumkin.

Parus — ko‘ngilochar majmuasi barchani mehmonga chorlaydi! Marhamat, tashrif buyuring:

  • Manzil: Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 60 uy;
  • Mo‘ljal: «Novza» metro bekati, «Qatortol» savdo majmuasi;
  • Telefonlar: (+998-99) 855-00-77 va (+998-99) 858-88-02;
  • Veb-sayt: parus.uz
  • Facebook’dagi sahifa: @ParusOfficial

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid