Jamiyat | 12:31 / 27.04.2017
10831
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi hududdagi 83 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hamda  mehnat faxriylarini yo‘qlab bordi

“Xotira va qadrlash kun” oldidan Andijon viloyatining barcha tumanlarida katta tantanalar bo‘lib o‘tmoqda. Joylarda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tadbirlarda ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yurtdoshlarimizga ehtirom ko‘rsatilib, urush ortida xizmat qilgan insonlar hamda mehnat faxriylari holidan xabar olinayotir.

Uch kun davomida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha tumanlarda bo‘lib, jamoatchilik vakillari bilan birgalikda el ardog‘idagi insonlarga Prezidentimizning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq bir martalik mukofot pullari hamda navbatsiz beriladigan avtomashinalarning kalitlarini topshirdi.

Mashvaratlarda tashkil etilgan dasturxon atrofida Vatanni ulug‘lovchi  qo‘shiqlar, badiiy kompozitsiyalar namoyish qilindi.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid