Sport | 09:43 / 29.04.2017
9053
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik regbichi hakamga musht tushirib, unga jarohat yetkazdi (video)

Fransiyaning "Sent-Estev" regbi klubi o‘yinchisi regbi uchrashuvi vaqtida unga sariq kartochka ko‘rsatgan hakamning yuziga musht tushirdi. Shundan keyin raqib jamoa o‘yinchilari uni tinchlantirishga harakat qilishganda, mushtumzo‘r ular bilan ham mushtlashib ketdi.   

Ushbu holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda qolgan regbichilar darg‘azab o‘yinchini tinchlantirish uchun uni yerga yotqizib, ustiga yotib olishganlarini ko‘rish mumkin. Hakam jag‘ jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.

"Men regbi maydonida ko‘rgan eng sharmandali holat", deb videoga izoh bergan foydalanuvchilardan biri. 

The Independent nashrining ma'lum qilishicha, "Sent-Estev" prezidenti Kristian Kotstsa bu voqeadan keyin nomi oshkor qilinmagan zo‘ravon o‘yinchini jamoada boshqa ko‘rishni istamayotganini aytgan. Bungacha o‘yinchining hisobida 4 ta diskvalifikatsiya bor edi, endi bu voqeadan keyin u umrbod chetlatilishi mumkin.

Mavzuga oid