Jahon | 23:12 / 14.05.2017
6544
3 daqiqa o‘qiladi

Si Jinping Pekinda Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi

Foto:russian.news.cn

14 may kuni Xitoy raisi Si Jinping Pekindagi Milliy majlislar uyida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Nazarboyev hozirda Pekinda "Bir makon, bir yo‘l" forumida ishtirok etmoqda. 

Jinping uchrashuv vaqtida Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan beri 25 yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanib kelganini ta'kidlab o‘tdi. Ikki davlat o‘rtasidagi eng yuqori darajadagi aloqalar yanada yaqinlashdi, tomonlar siyosiy o‘zaro ishonchni uzluksiz mustahkamlamoqdalar, amaliy hamkorlikni har tomonlama ilgari surmoqdalar.    

Xitoy rahbarining aytishicha, diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Xitoy Qozog‘iston bilan birgalikda yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik ruhini rivojlantirish uchun sa'y-harakatlar amalga oshirishni, o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish hamda Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida har tomonlama strategik hamkorlikni yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarishni istamoqda.   

Jinping ikki davlatni qonun ijrochiligi, xavfsizlik va terrorchilik, ayirmachilik va ekstremistlikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi. Xitoy Qozog‘istonning xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda muhim rol o‘ynashini qo‘llab-quvvatlaydi va u bilan birga BMT, ShHT va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash doirasida hamkorlikni chuqurlashtirishni istamoqda.    

Foto:russian.news.cn

Nazarboyev, o‘z navbatida, Xitoy raisini "Bir makon, bir yo‘l" forumi ochilishi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. 

Nazarboyev Jinping forumning ochilishidagi nutqi bilan bugungi xalqaro hamjamiyat duch kelayotgan ko‘plab muhim va dolzarb masalalarga javob berganini aytdi. 

Nazarboyev Qozog‘iston ham xavfsizlik va rivojlanish sohalaridagi xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha Xitoy bilan hamkorlikni faollashtirishga qiziqish bildirishini ta'kidlab o‘tdi. 

Mavzuga oid