Jamiyat | 01:08 / 16.05.2017
15597
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik tomog‘iga tiqilib qolgan tirik baliqdan qutqarildi

Hindistonda tibbiy xodimlar baliqchining tomog‘iga tirik baliq sakrab tushib qolganidan so‘ng uni "tajovuzkor" baliqdan xalos etishdi, deb xabar berdi Daily Mirror nashri.

Hindistonning Orissa shtatida yashovchi erkak Podadia qishlog‘i yaqinidagi hovuzdan labirintlilar oilasiga mansub 10 sm li baliqni tutib olgan, lekin uni qo‘lida ushlab qololmagan. Shunda sakrayotgan baliq erkakning og‘ziga kirib ketib, uning halqumida tiqilib qolgan.

Foto: Newslions / SWNS.com

Baliqchi nafas olishga va gapirishga halaqit qilayotgan baliqni o‘zi mustaqil ololmagan. Jabrlanuvchini yaqin oradagi kasalxonaga olib borishgan, lekin mahalliy shifokorlar ham unga yordam bera olishmagan. Shunda baliqchini shtat poytaxti  Bxubaneshvar shahriga  yuborganlar.

Tibbiy xodimlardan birining aytishicha, erkak tomog‘idan baliqning dumi ko‘rinib turgan. Jabrlanuvchiga og‘riq qoldiruvchi ukol qilinib, uning tomog‘idagi baliq jarrohlik qisqichi bilan olib tashlangan.

Foto: Newslions / SWNS.com

Baliqning suzgichlari tomondan erkakning tomog‘iga yetkazilgan jarohatlar 10 kunda bitib ketgan. Bu orada baliqchi burnidan kiritilgan zond orqali ovqatlangan.

Foto: Newslions / SWNS.com

 

Mavzuga oid