O‘zbekiston | 08:10 / 06.09.2024
3865
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda qoidalarni buzgan holda baliq ovlagan shaxsga 20 mln so‘m jarima belgilandi

Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Xovos tumanida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 

Foto: Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish

Reyd davomida fuqaro T.X. tumandan oqib o‘tuvchi zovurdan ov qoidalarini buzgan holda 4 turdagi 27 ta baliqlarni ovlagani, bulardan 9 ta baliq me’yoridan (5 kg) ortiqcha ekanligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 14 mln 960 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Huquqbuzar BHMning 15 baravari — 5 mln 100 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. U qilmishi uchun jami 20 million 60 ming so‘m (jarima va zarar) to‘laydigan bo‘ldi.

Mavzuga oid