Jamiyat | 11:43 / 28.05.2017
10962
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik o‘quvchilar muzqaymoq deb noqonuniy ishga qo‘l urishdi

Xitoy chegara xizmati xodimlari ryukzaklarda Hongkongdan Xitoyga mobil telefonlar olib o‘tmoqchi bo‘lgan 10 nafar o‘quvchini qo‘lga olishdi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda

Xuangan chegara punkti ishchilari o‘quvchilarning liq to‘la ryukzaklariga e'tibor qaratishgan. Tekshiruv vaqtida ularda umumiy qiymati 145 ming dollarlik 210 ta telefon aniqlangan.

O‘quvchilar chegarachilarga telefonlarni tashish orqali pul ishlab olishni istashmagani, ularga bu telefonlarni bergan kattalar ularni olib o‘tib berganlik uchun muzqaymoq yoki biror yegulik olib berishga va'da qilishganini aytishgan. 

Chegarachilar o‘quvchilarga ularning bu ishlari noqonuniy ekanligini tushuntirishgan va ulardan telefonlarni musodara qilishgan.

 

Mavzuga oid