Jahon | 22:10 / 18.06.2017
34621
1 daqiqa o‘qiladi
Eng katta yo‘lovchi tashuvchi samolyotning yangi versiyasi namoyish etildi
Airbus kompaniyasi dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyotining yangilangan versiyasini namoyish etdi. Bu haqda ishlab chiqaruvchining saytida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, A380plus'ni ishlab chiqish 13 foizga arzonga tushadi. Samolyotning qanotlari konstruksiyasiga o‘zgarishlar kiritildi, bu havo kemasining aerodinamikasini yaxshilash va 4 foizgacha yoqilg‘ini tejash imkonini beradi.
Shu bilan birga samolyot saloni ham qayta ishlandi, natijada endi unda qo‘shimcha 80 nafar yo‘lovchi joylashishi mumkin.
Airbus A380 — ilk to‘liq ikki palubali yo‘lovchi samolyoti bo‘lib, dunyodagi eng yirik avialayner hisoblanadi.