Fan-texnika | 17:40 / 04.03.2018
47965
3 daqiqa o‘qiladi

Eng katta samolyot qanday tuzilishga ega? (suratlar)

Microsoft hammuassisi va Stratolaunch Systems egasi Pol Allen anchadan beri muhokamalarga sabab bo‘layotgan loyiha — dunyodagi eng katta samolyotni ko‘rsatdi. Stratolaunch - haqiqatda ulkan samolyot. Shu qadar ulkanki, unga alohida kabinali ikki fyuzelyaj kerak bo‘ladi. Loyihani hatto samolyot deyish ham qiyin: uni ko‘proq orbitaga yuklarni tashish usulini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan suborbital havo kemasi desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Don'tPanic gigant-samolyotga doir ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Gigant uchun uy

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

Samolyot Stratolaunch Systems kompaniyasi muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan — hozirda ular kosmik raketaning yana bir ajoyib loyihasi ustida ish olib borishmoqda. Kompaniya mutaxassislari samolyotga start berishdan avval qurilish jarayonlarida xalaqit bergan uch qavatli o‘rmonni olib tashlashlariga to‘g‘ri kelgan.

U nima uchun kerak?

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

Pol Allen yer atrofi orbitasiga chiqishning qulay va ishonchli vositasini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Boshqacha aytganda, Stratolaunch stratosferadan yer atrofi orbitasiga raketa-tashish uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi.

Yerdagi tezlik

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

26 fevral kuni Pol Allen videolarning birinchi seriyasini taqdim etdi. Unda samolyotning uchish yo‘lakchasi bo‘ylab sinovlari namoyish qilingan. Stratolaunch 74 km/s tezlikni qayd etdi. Bu ulkan havo kemasini osmonga ko‘tarish uchun yetarli tezlik emas - samolyot yerdan havoga ko‘tarilishi uchun o‘z tezligini kamida ikki baravarga oshirishi kerak.

Loyiha ko‘lami

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

Bugungi kunga kelib Stratolaunch haqiqatda dunyoning eng katta samolyoti hisoblanadi. Uning qanotlari o‘lchami 117,3 metrni tashkil qiladi, ikki fyuzelyaji uzunligi esa 72,5 metrni tashkil qiladi. Bu gigant 227 tonna og‘irlikka ega va 590 tonna massa bilan parvoz qilishga qodir.

Foydali yuk

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

Konstruktorlarning so‘zlariga ko‘ra, Stratolaunch 113 tonna yonilg‘i va umumiy massasi 250 tonna bo‘lgan uch raketa-tashuvchini ko‘tara oladi. Test sinovlarida esa gigant-samolyot faqat bir raketa - Pegasus XL bilan osmonga ko‘tariladi.

Sinov parvozi

Foto: Don'tPanic gigant-samolyoti

Misli ko‘rilmagan samolyotning sinov davri yana bir necha oyga cho‘ziladi. Pol Allen birinchi parvoz sinovi 2019 yilning boshida amalga oshlirilishiga va'da bermoqda. Agar u muvaffaqiyatli o‘tsa, Stratolaunch o‘z samarasini isbotlay oladi va haqiqatda mavjud orbita bilan "xabarlashuv" tizimini sezilarli darajada soddalashtirishi mumkin.

Mavzuga oid