Ramzon Qodirov G‘arbga ayblov bilan chiqdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov IIVning respublika bo‘yicha bo‘linmalari rahbariyati va qo‘mondonlari bilan yig‘ilish chog‘ida G‘arb davlatlarini axborot urushida aybladi, deb xabar bermoqda respublika hukumati matbuot xizmati.
«Ishonchim komilki, Checheniston va uning xalqiga qarshi aniq yo‘naltirilgan, yaxshi to‘langan axborot va mafkuraviy kurash olib borilmoqda. Biz, terrorchilar va ekstremistlar bilan jang qilish qiyin, deb o‘ylaganmiz. Biroq, ma'lum bo‘lishicha, o‘z dushmaningni ko‘rsang, jang qilish osonroq ekan. Yaxshi inson niqobi ostidagilarning hujumini qaytarish esa biroz murakkabroq», - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa va boshqa davlatlarga Chechenistonda sog‘lom hayot tarzi ilgari surilayotgani, shuningdek, rasmiy Grozniy «yoshlarni o‘z hayotini din va milliy manfaatlarga asoslangan holda qurishga» chaqirishi yoqmaydi.
«Ular bizning xalq hech qachon qaddini tik tutmasligini xohlaydi», - deya xulosa qilgan Checheniston rahbari.
Mavzuga oid
21:15 / 25.12.2024
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
19:20 / 15.12.2024
Ukraina dronlari Grozniydagi bazaga hujum qildi
22:28 / 12.12.2024
Ramzan Qodirov 100 mingga yaqin jangchisi urushda qatnashmayotganini tan oldi
20:19 / 25.11.2024