Savdo-sanoat palatasi YeIda stajirovka uchun nomzodlar qabul qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash (MTR)” loyihasi doirasida Yevropa davlatlarida bo‘lib o‘tadigan stajirovka uchun nomzodlar qabul qilish boshlanganini e'lon qildi.
Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Yevropaning yetakchi kompaniyalarida ishbilarmon stajirovkadan o‘tish (eng uzoq muddati – 2 hafta) imkoniga ega bo‘ladilar.
Asosiy yo‘nalishlar:
Stajirovkalar dasturida ishtirok etish uchun kichik va xususiy biznes korxonalari iqtisodiyotning quyidagi sektorlarida faoliyat yuritayotgan bo‘lishlari kerak:
• Sabzavotlar va mevalarni qayta ishlash va qadoqlash;
• Uzumchilik va vinochilik;
• Issiqxonalar;
• Suv tejaydigan texnologiyalar, tomchilab sug‘orish tizimlari;
• Aqlli fermalar, organik qishloq xo‘jaligi, organik oziq-ovqat zanjirlari;
• To‘qimachilik va qo‘l mehnati buyumlari;
• Qishloq hududida saqlash va logistika;
• Yirik qoramol, qo‘ylar xo‘jaliklari, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklari;
• Sut mahsulotlarini qayta ishlash;
• Qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan foydalanish va utilizatsiyalash;
• Qishloq turizmi (masalan, agro- va ekoturizm).
Bunga qo‘shimcha ravishda, kompaniya va nomzod quyidagi talablarga mos kelishi kerak.
Kichik biznesning ishlab chiqaruvchi korxonalari va eksport qiluvchi korxonalari uchun saralash mezonlari:
• loyihada ko‘rsatilgan iqtisodiyotning maqsadli sektorlaridan birida faoliyat yuritishi;
• 100 foiz xususiy mulk;
• xodimlar soni 5 dan 250 kishigacha;
• qo‘shma korxona bo‘lgan taqdirda, o‘zbek tomoniga tegishli bo‘lgan kamida 51 foiz kapital;
• soliq organlarida qarzdorliklarning yo‘qligi.
Menejyerlar uchun saralash mezonlari:
• Kamida o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi diplom yoki kollej/litsey diplomining mavjudligi. Oliy ta'lim ustunlik sanaladi.
• Kamida 4 yillik umumiy ish staji;
• Kamida 2 yillik rahbarlik lavozimidagi ish tajribasi;
• O‘rtadan to yuqori darajagacha bo‘lgan rahbarlik lavozimi (nomzodga bo‘ysinadigan kamida 3 kishi);
• Ingliz tilini yaxshi bilish (yoki nomzod boradigan YeI davlatining tilini bilish). Tanlangan menejyerning til ko‘nikmalari yomon bo‘lgan taqdirda, zarur tarjima tarjimonning xizmatlari qiymati menejyer tomonidan qoplanishi hisobiga taqdim etiladi.
• Yaxshi muloqot va taqdimot qilish ko‘nikmalari ustunlik sanaladi;
• Kompyuter va internetda ishlash bilimlari va ko‘nikmalari ustunlik sanaladi.
Saralash ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1. Saralash komissiyasi nomzod kompaniyasining e'lon qilingan mezonlarga muvofiq kelishini tekshiradi;
2. Agar kompaniya mezonlarga muvofiq bo‘lsa, saralash komissiyasi nomzodning arizasi va qo‘shimcha hujjatlarini baholaydi.
Nomzodlar onlayn anketani loyiha saytida (www.mtpeu.uz) ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng to‘ldirishlari mumkin.
Arizalar 2017 yil 28 iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
Loyiha ishtirokchilarining Yevropa davlatlaridagi barcha o‘qish va yashash xarajatlari «MTP» loyihasi tomonidan qoplanadi (bir kunga 160 yevro).
Borish va qaytish avia xarajatlari qisman (400 yevro) tanlangan nomzod tomonidan qoplanadi.
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
17:30 / 27.11.2024
To‘qimachilik biznesi ajratilgan 25 mln dollarlik subsidiyadan hozircha faqat 4 mln dollaridan foydalandi
10:00 / 12.11.2024
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi teledastur ishga tushirildi
14:56 / 14.09.2024