O‘zbekiston | 12:22 / 11.08.2017
53520
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi bozorlarda bankomatlar o‘rnatilmoqda

Foto: Kun.uz

«Xalq banki» Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxtdagi Oloy, Yunusobod, Qo‘yliq bozorlarida bankomatlar o‘rnatib chiqildi. Ayni paytda mazkur qurilmalarga tegishli dasturlar o‘rnatilmoqda. 

«Kun» muxbiri Oloy bozorida bo‘lib, bu ma'lumotni tasdiqladi va suratlar taqdim etdi. Ayni vaqtda bozor hududida bitta bankomat mavjud.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur bankomatlardan bir kishi bir kunda maksimum 100 ming so‘m yechib olishi mumkin. Bankomatlar dushanba kunidan ishlay boshlaydi.

Kelajakda bunday bankomatlar soni va geografiyasi yanada kengayib borishi rejalashtirilgan. Komissiya bo‘lmaydi.

 

Mavzuga oid