Jahon | 12:00 / 13.08.2017
23903
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda janub armiyasi bosh qo‘mondoni yana bir to‘qnashuvga sababchi bo‘lmoqda (foto)

AQShning Sharlotsvill shahrida 12 avgust kuni ertalab oq tanli millatchilar va boshqa radikal guruhlar a'zolari hamda ularning xatti-harakatlariga qarshi chiquvchilar orasida to‘qnashuvlar boshlanib, ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan edi.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar chog‘i 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar politsiyasi boshlig‘i El Tomas xabar berdi. Shuningdek, 35 nafar fuqaro tan jarohati bilan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolik urushi vaqtida konfederatlar (janubliklar) armiyasi bosh qo‘mondoni bo‘lgan, general Robert Liga o‘rnatilgan haykalning olib tashlanishi millatchilar noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Suratlar manbasi: Reuters

Mavzuga oid