O‘zbekiston | 19:50 / 28.08.2017
34504
3 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlari aholisi uchun keng imkoniyat yaratildi

Arxiv fotosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  25 apreldagi  “Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholini turmush darajasini  yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2925-sonli qarorida nazarda tutilgan pullik va boshqa imtiyozlar berilishini inobatga olib, Navoiy viloyatining Tomdi tumani hamda Konimex va Uchquduq tumanlarining ayrim aholi punktlaridagi byudjyet tashkilotlariga boshqa hududlardan oliy ma'lumotli mutaxassislarni viloyat hokimligi, viloyat bandlik boshqarmasi, Tomdi, Uchquduq, Konimex tuman hokimliklari ishga taklif etadilar.

Joriy yilning 1 mayidan e'tiboran Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining ayrim aholi punktlaridagi byudjyet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishga taklif etilgan oliy ma'lumotli mutaxassislarga olis cho‘l tumanlarida kamida besh yil davomida ishlash sharti bilan Qarorda belgilangan hududlar bo‘yicha eng kam ish xaqining 50, 75, 100 barobari miqdorigacha bo‘lgan mablag‘larni 5 yil mobaynida teng bo‘laklarga bo‘lgan holda maxsus ustamalar beriladi;

ularni xizmat uylari bilan ta'minlash yoki uy-joylarni ijaraga olganlik, shu jumladan yotoqxonalarda yashash bilan bog‘liq sarf-xarajatlari uchun ularga eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi;

olis cho‘l tumanlarida bo‘shab qolgan va egasiz uy-joylarni boshqa hududlardan ixtiyoriy ravishda ko‘chib keladigan uy-joyga muhtoj oilalarga tekin berilishi va ushbu uy-joylarda 3 yildan ortiq yashagan oilalarga istiqomat qilib turgan uy-joylari ularning shaxsiy mulki sifatida rasmiylashtirib beriladi;

ishlash uchun ko‘chib keladigan oliy ma'lumotli mutaxassislarning oilalariga Navoiy viloyatining mahalliy byudjyeti hisobidan oilalarning 18 yoshdan katta bo‘lgan har bir a'zosiga 2,0 mln. so‘m, voyaga yetmagan har bir a'zosiga 1,0 mln. so‘m, lekin har bir oilaga jami 10,0 mln. so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratiladi. 

Mazkur hududlarga ishga kirish xohishini bildirganlarning qiziqtirgan savollari bo‘yicha har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha viloyat hokimligiga, viloyat bandlik boshqarmasiga, Tomdi, Uchquduq, Konimex tuman hokimliklariga murojaat qilishlari mumkin.

Mavzuga oid