Jamiyat | 09:42 / 08.09.2017
10807
3 daqiqa o‘qiladi

Mirobod tumanidagi kislorod to‘ldirish sexida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahar Mirobod tumani Inoqobod mahallasi 8-mart ko‘chasi 57-uyda joylashgan “Baxt xizmat” mas'uliyati cheklangan jamiyatga qarashli avtokorxonani ijaraga olgan “Kislorod-azot-gaz Trans servis” MChJning kislorod balonlarini ta'mirlash, to‘ldirish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar kelib tushadi, deb ma'lum qilmoqda “O‘zbekiston24” telekanali sayti.

Voqea joyiga yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tezda yetib bordi. Soha vakillarining sa'y-xarakatlari natijasida yong‘in batamom bartaraf etildi. Yong‘in natijasida sexning 170 kv.metr maydonidagi ichki qismi va uskunalari zarar ko‘rgan. Taxminiy sabab: maishiy gaz balonlariga texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi. Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. Tan jarohati va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. 

Yunusobod tumani Minor mahallasi Amir Temur shox ko‘chasi 95A-uyda joylashgan «REAL ESTATE I WESTMENT» MChJning generator xonasining 10 kv.m. maydonda ichki qismi va devor qoplamasi yongan. Yong‘in o‘chirish vaqtida jamiyat ishchilaridan 5 ta fukaro qutqarib qolindi. Yong‘inning taxminiy sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi. Yong‘inga 4 ta yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Bayterak MFY, Berdaq ko‘chasi 1-uyda yashovchi B.Karimovning uyida ham yong‘in bo‘ladi. Voqea joyiga yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib borib, olovni batamom bartaf etishgan. Yong‘in natijasida uyning 120 kv. maydonida tom qismi zararlangan. Yong‘inni taxminiy sababi: elektr simlaridagi qisqa tutashuv. Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. 

Mavzuga oid