Google va HTC bitimi fonida Apple aksiyalari narxi pasaymoqda
Google korporatsiyasi HTC biznesining bir qismini xarid qilishi haqida e'lon qilganidan keyin Apple aksiyalari narxi pasaya boshladi. Bitim taxminan 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. BusinessInsider shu haqida ma'lum qildi.
Apple aksiyalari narxi 1,02 foizga - 154,38 dollarga pasaydi. Google aksiyalari esa, aksincha 0,38 foizga - 951,1 dollargacha oshdi.
UBS'ning Nyu-York fond birjasidagi savdo operatsiyalari bo‘yicha direktori Art Kashinning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Google'ning iPhone muvaffaqiyatiga ilk javobi bo‘lishi mumkin.
"Treyderlarning taxmin qilishicha, Google'ning yangi bitimi iPhone uchun salohiyatli tahdid bo‘lishi mumkin. Ular Google'ning supersamarali ovozli yordamchiga ega smartfon yaratib, Apple bilan raqobatga kirishishidan xavfsirashmoqda", - deya ta'kidlaydi Kashin.
Bitim shartlariga ko‘ra, HTC'ning yangi versiyadagi Pixel smartfoni ustida ishlayotgan taxminan 2 ming xodimi Google'ga o‘tadi. Amerika kompaniyasi shuningdek HTC'ning intellektual mulkiga noyob huquqlarga ega bo‘ladi.
Google o‘tgan yili ikki model - Pixel va Pixel XL smartfonlarini ishlab chiqarishni boshlagan. Smartfonlarning ikkinchi avlodi HTC bilan ishlab chiqiladi va 4 oktabr kuni chiqariladi.
Yil boshidan buyon Google aksiyalari - 20,02 foizga, Apple aksiyalari narxi esa 33,29 foizga oshdi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
12:10 / 22.12.2024
“Qotil” chatbot, kasallikni oldindan aniqlaydigan aqlli uzuk va super kompyuter – texnodayjest
17:12 / 20.12.2024
Google qidiruvida «Kalmar o‘yini»ni o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi
00:31 / 18.12.2024