Tabiiy ofat paytida omon qolishga yordam beruvchi kapsula o‘ylab topildi (foto)
Sietllik ixtirochilar maxsus kapsulani o‘ylab topishdi, uning yordamida turli tabiiy ofatlar paytida omon qolish mumkin. Kapsulaning ichida 10 kishi besh kun davomida qolish imkoniyatiga ega.
Konstruktsiya aviatsiya alyuminiysidan tayyorlangan bo‘lib, kapsulaning o‘zi suv kirishidan himoyalangan. Ishlanma o‘z ichidagi odamlarni turli tabiiy ofatlar, istalgan buyumlar orqali berilgan zarbalar, balandlikdan qulashdan himoya qilishga mo‘ljallangan. Survival Capsule firmasi asoschilarining aytishicha, agarda tezlik bilan evakuatsiya amalga oshirilmagan bo‘lsa, kapsulalar o‘z egalarini zilzila, dovul, to‘fon, sunamidan himoya qila oladi. U hech qachon cho‘kib ketmaydi hamda doimo suv yuzasida qoladi.
Skott Xill va Julian Sharpga bunday qurilmani yaratish g‘oyasi Hind okeanida 13 yil avval yuz bergan va minglab insonlarni hayotdan olib ketgan sunamidan so‘ng kelgan. Muhandislar turli hajmdagi qurilmaning beshta modelini ishlab chiqishdi. Uning ichiga germetik lyukni ochgan holda kirish mumkin. Kabinada o‘rindiqlar, shuningdek, ichimlik suvi va oziq-ovqat zaxirasi bor. Mijozlarning xohishiga ko‘ra ichkariga maxsus kamarlar, hojatxona, quyoshli panellar, yoritish uskunalari va musiqa qurilmalarini o‘rnatish mumkin. Konstruktsiya ichida doimiy optimal harorat saqlab turiladi.
Mavzuga oid
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
10:50 / 04.12.2024
Olimlar spirtdan yonilg‘i oladigan mini-robotlarni ixtiro qildi
09:18 / 27.11.2024
Kimyogarlar terini quyoshdan himoya qilishning yangi usulini topdi
18:17 / 23.11.2024