Jahon | 23:48 / 29.09.2017
12461
1 daqiqa o‘qiladi

Stratosferaga uchirilgan shar Yerni 30 km balandlikdan tasvirga oldi

Internetda Yer sirtining 30 km balandlikdan olingan havaskorlik videosi paydo bo‘ldi.

Britaniyaning Mirror nashri xabar berishicha, denverlik (AQSh, Kolorado shtati) stratosferaga ichida geliy bo‘lgan meteorologik zondni uchirgan va unga GoPro kamerasi hamda GPS-trekerni mahkamlab qo‘ygan. 30 km balandlikda zond bo‘laklanib ketgan va shundan keyin tasvirga olish yakunlangan.

Meteorologik sharlar (zondlar) odatda ob-havo prognozini tuzish hamda harbiy maqsadlarda qo‘llanadi. Ularga havo bosimi, harorat, namlik va shamol tezligini qayd qiluvchi turli qurilmalar mahkamlanadi. Bunday qurilmalar 40 km gacha balandlikka ucha oladi, biroq ularning konstruksiyasi kuchli bosimga dosh berolmay, havoda qismlarga bo‘laklanib ketadi.

Mavzuga oid