Light | 20:01 / 07.10.2017
33383
2 daqiqa o‘qiladi

Eng befoyda tibbiy muolajalar ma'lum qilindi

Foto: flickr.com/Enrique Saldivar

AQShning Merilend universiteti olimlari eng samarasiz diagnostik muolajalar va davolash usullari o‘ntaligini ma'lum qilishdi, deb yozmoqda Science Alert portali.

Olimlar tibbiyot va biologiyaga oid maqolalar ma'lumotlar bazasi PubMed’da "haddan tashqari qo‘llash" tushunchasi hamda davolash usullarining "mos bo‘lmagan, shart bo‘lmagan va haddan ziyodligi" haqida eslatmalar berilgan maqolalarni izlashgan. Izlash natijasida 2 mingdan ko‘proq maqola topilgan va ulardan 122 tasi ajratib olingan. Ularda terapiya bemorga davodan ko‘ra, ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida gapirilgan.

Diagnostikaning eng bahsli usuli transezofageal exokardiografiya ekanligi aniqlandi. Bu muolajada insonning yurak-qon tomir tizimi qizilo‘ngachga joylashtirilgan datchik orqali tadqiq qilinadi. Olimlarning fikricha, bu usul yordamida olish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma'lumot bunda qo‘llanadigan og‘riqni qoldirish bilan bog‘liq xatarlarni oqlamaydi.

Keyingi o‘rinda o‘pkaning kompyuter tomografiya aniografiyasi kelmoqda. Bu usul maxsus kompyuter yordamida tanada qon oqishining holatini bilishga yordam beradi. Olimlarning fikricha, bu muolajada inson radiatsiya dozasi oladi.

Yetakchi uchlikni yengil respirator buzilishlarga ega bemorlarda o‘tkaziladigan kompyuter tomografiyasi yakunlamoqda. Bu usul bilan davolashda kompyuter tomografiyasi hech qanday foyda keltirmaydi: misol uchun, olingan suratlar bemorda aslida yo‘q bo‘lgan biror-bir patologiyani ko‘rsatishi mumkin.

Ushbu ro‘yxatdan shuningdek karotid arteriyasi UTTsi, stentlash, prostata bezi saratonini davolashning tajovuzkor usullari va hattoki antibiotiklar qabul qilish ham o‘rin oldi. Aniqlanishicha, ular har doim ham foyda beravermaydi: tadqiqotga ko‘ra, 2010 yildan 2011 yilgacha ming odamga 506 retsept to‘g‘ri kelgan va ulardan 353 tasida bemorlar davo topishgan.

Mavzuga oid